Buxoroda zamonaviy tibbiyot birlashmasi ochildi

© Buxoro viloyati hokimligiBuxoroda zamonaviy tibbiyot birlashmasi ochildi
Buxoroda zamonaviy tibbiyot birlashmasi ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi Romitan, Peshku va Buxoro tumanlari aholisiga ham shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Buxoro viloyatining Romitan tumanida tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi ochildi.
Qurilish ishlariga Buxoro viloyati hokimligi 8 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan esa 9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan va multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) apparati, zamonaviy raqamli rentgen, laporaskop, videoendoskop, videobronxoskop, defibrillyator, IBL, UZI, laboratoriya va gemodializ apparatlari keltirilib o‘rnatilgan.
© Buxoro viloyati hokimligiBuxoroda zamonaviy tibbiyot birlashmasi ochildi
Buxoroda zamonaviy tibbiyot birlashmasi ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Buxoroda zamonaviy tibbiyot birlashmasi ochildi
Mazkur zamonaviy uskunalar vositasi kuniga 100 nafar bemorni qabul qilishga va davolashga mo‘ljallangan.
“Markazga keltirilgan bemorlarga zamonaviy tibbiy apparaturalardan foydalangan holda yuqori texnologik operatsiyalar, shu jumladan, yurak-qon tomirlariga stend qo‘yish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ushbu muolajalar juda murakkab bo‘lib, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Kompyuterli tomograf va zamonaviy rentgen apparati yordamida bemorlarga shoshilinch ravishda tashhis qo‘yish, o‘z vaqtida yuqori malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati mavjud”, - deydi endoskopist shifokor Rizamat Hasanov.
Markazda qo‘shimcha ravishda nevropotolog, neyroxirurg, reanimatolog, anasteziolog kabi mutaxassislar ham ish boshlagan.
Markazi Romitan, Peshku va Buxoro tumanlarining aholisiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadi. Unda oliy toifaga ega 36 nafar shifokor, 73 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, 30 nafar kichik tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatmoqda.
“Markazga inson tanasida uchraydigan erta o‘simtalar, oshqozon raki, qizilo‘ngach rakini davolashda eng zamonaviy apparatlar keltirilgan. Bu apparatlar yordamida bemorga aniq tashxis qo‘yilib, uning davolanish davri va kasallik bosqichlari to‘liq nazoratda ushlab turiladi. Ilgari insondagi erta o‘simta kasalliklarini davolashda zamonaviy texnologiyalar yetishmasdi, mana endi hamma sharoitlar muhayyo bo‘ldi”, - dedi shifokor.
Ma’lumot uchun, tibbiy yordam maskaniga prezident sovg‘asi sifatida reanomobil avtomobili topshirilgan. Mazkur transport yordamida “A-380” rusumli avtomagistral – “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” xalqaro avtomobil yo‘lining Romitan tumani, Gazli shaharchasi va “Qizilravot” MFY hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘layotgan yo‘l–transport hodisalari natijasida turli darajadagi tan jarohati olayotganlarga shoshilinch va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0