Samarqand davlat muzeyi uchun noyob eksponatlar sotib olindi

© Madaniy meros agentligiQadimiy tangalar
Qadimiy tangalar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Yaqin kunlarda O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida ushbu qadimiy eksponatlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Samarqanddagi muzeylarga o‘ta noyob qadimiy eksponatlar sotib olindi. Yaqin kunlarda O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida ushbu eksponatlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi, deya xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Qayd etilishicha, Xalq deputatlari viloyat Kengashining 27-iyuldagi qaroriga muvofiq, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasiga 500 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Ushbu mablag‘ hisobidan jami 600ga yaqin tarixiy va badiiy qimmatga ega ashyolar xarid qilindi.
Ular quyidagicha:
Miloddan avvalgi II asr va milodiy XIV asrga taalluqli 41 dona bronza oyna kolleksiyasi;
XI asrga tegishli, asosan Qoraxoniy Ibrohim ibn Nasrning 180 dona kumush tanga kolleksiyasi;
Chig‘atoy xonlari (Bayonqulixon va Tarmashirin)ning 236 dona dinor va dirhamlari;
O‘ndan ortiq rang-tasvir asarlari, tarixiy liboslar, kashta, fotoapparat, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ipak gilamlar, zargarlik mahsulotlari.
Ma’lumot uchun, 1-iyuldan boshlab aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur aksiya doirasida har yili davlat muzeylariga madaniy boyliklarni xarid qilish uchun Madaniy meros jamg‘armasiga davlat budjetidan qo‘shimcha 3 milliard so‘m, hududlardagi tegishli davlat muzeylariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjetidan 500 million so‘mdan mablag‘ ajratib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0