Talabalarning qishki ta’til kunlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStudenti na leksii
Studenti na leksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2022
Obuna bo‘lish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarning qishki ta’til kunlari haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi ta’til kunlarini belgilashda oldingi yillarda yuzaga kelgan ayrim muamollar bartaraf etilib, uzoq hududlardan kelib tahsil oluvchi talabalarning doimiy yashash joylariga xotirjam, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz yetib borishlari va qaytib kelishlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda.

“Avvallari talabalar qishki ta’til kunlari muddatidan oldin o‘z yashash hududiga ketib, o‘qish boshlanganidan keyin kech yetib kelish holatlari kuzatilar edi. Bu yil esa davlat oliy ta’lim muassasalari va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida qishki ta’tilning boshlanish kuni aynan xaftaning birinchi kuni etib belgilandi. Bu esa talabalarning darslarda to‘liq qatnashib, dam olish kunlari o‘z manzillariga ketishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun qo‘shimcha qulaylikdir”, - deydi Mo‘min Ibodov.

OTMlarning talabalar turar joylari 2023-yil 5-yanvardan o‘z faoliyatini boshlaydi. Buning uchun ta’lim muassasalarida ishchi guruhlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida esa alohida shtab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, samolyot va poyezdlarda talabalar uchun qo‘shimcha joylar sonini yanada ko‘paytirish va sayyor kassalar tashkil etish choralari ko‘riladi.
Yangiliklar lentasi
0