"Aeroflot" Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSamolet na vzletnoy polose
Samolet na vzletnoy polose - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "Aeroflot" aviakompaniyasi dekabr oyida Sankt-Peterburgni Toshkent va Samarqand bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘laydi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi “Sankt-Peterburg – Toshkent” va “Sankt-Peterburg – Samarqand” yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yo‘lovchi reysi 17-dekabrga belgilangan. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 738 samolyotlarida yo‘lga qo‘yiladi. Birinchi parvoz 16-dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, reys 16-dekabrdan 20-dekabrga ko‘chirildi.
Ma’lumot uchun, "Aeroflot — Rossiya havo yo‘llari" shtab-kvartirasi Moskvada joylashgan. Aeroflot guruhiga, shuningdek, "Rossiya" aviakompaniyasi va "Pobeda" loukoster aviakompaniyalari kiradi.
Eslatib o‘tamiz, “Aeroflot” aviakompaniya 19-noyabr kuni Moskva-Farg‘ona-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha yangi reysni joriy qilgandi. Parvozlar haftasiga uch marta, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari 158 o‘ringa mo‘ljallangan Airbus-320 samolyotida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0