Metrodan foydalanuvchilar soni keskin oshdi

© SputnikPrezentatsiya novix vagonov v metro Tashkenta
Prezentatsiya novix vagonov v metro Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilardan metropolitendan foydalanish qoidalariga doimiy amal qilishlarini so‘ramoqda.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Kunlar sovishi munosabati bilan metrodan foydalanuvchi yo‘lovchilarning soni keskin oshdi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.
Qayd etilishicha, 5-dekabr kuni metrodagi yo‘lovchilar soni 620 ming kishini tashkil qildi. Bu ko‘rsatgich o‘tgan haftaning bir kuniga nisbatan 105 ming (21%) yo‘lovchiga ko‘paydi.
“Bu metropolitenda ishlovchilardan ko‘shimcha mas’uliyat va javobgarlikni talab qiladi. Yo‘lovchilar ushbu vaziyatga to‘g‘ri baho bergan holda metropolitendan foydalanish qoidalariga doimiy amal qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Harakatlanish vaqtida yo‘lovchilardan quyidagilar ta’lab qilinadi:
O‘zaro hurmatni saqlash;
poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik;
Manzilga kelgach poyezdan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish;
Vagon eshiklariga suyanmaslik;
Shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik.
Yuqoridagi talablarga amal qilmaslik metro vagonlari eshiklari ishdan chiqishiga, har xil nosozliklar kelib chiqishiga va buning natijasida oraliq intervallarning uzayib ketishiga olib keladi.
Shu bilan birga shuni alohida ta’kidlash joizki, metrodan doimiy tarzda foydalanuvchi yo‘lovchilar to‘lovni bank va transport kartalari orqali amalga oshirishsa, o‘z vaqtlarini tejashlari hamda kassa oldidagi tirbandlikni maksimal darajada kamaytirishiga zamin yaratadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili dekabr oyida bir kunning o‘zida 400 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent yer usti metrosi bekatlariga nom berish jarayoni boshlandi. Unda 18 yoshga to‘lgan va poytaxtda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0