Qirg‘iziston va O‘zbekiston pasport nazoratini yengillashtirishga kelishib oldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZagranpasport grajdanina Uzbekistana
Zagranpasport grajdanina Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
Hujjat 10-dekabr kuni Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida imzolanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston ikki davlat fuqarolarining chegaradan o‘tishini soddalashtirish bo‘yicha protokol imzolashga tayyorlanmoqda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Loyiha Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Jogorku Keneshning xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida taqdim etilgan.
Vazir o‘rinbosari Aybek Ortiqboyevning so‘zlariga ko‘ra, har ikki davlat biometrik pasportga o‘tgan, shuning uchun ID-kartani ko‘rsatgan holda ma’lum muddatga davlatlarga kirish mumkin. Ilgari chegaradan faqat umumiy fuqarolik (xorijiy pasport) yordamida o‘tishga ruxsat berilar edi.
Ilgari 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiga ilova qilingan maxsus varaqni olishlari kerak edi. Endi bu norma olib tashlanib, bolalarning umumiy pasportidan foydalanish tartibi o‘rnatilyapti.
Hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10-dekabr kuni Bishkekka davlat tashrifi doirasida imzolanishi kutilmoqda.
Ortiqboyevning qo‘shimcha qilishicha, ushbu protokol fuqarolarga mamlakatlar o‘rtasida xavfsiz sayohat qilish imkonini beradi.
Avvalroq 9 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga safar qilishi haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0