Germaniyada davlat to‘ntarishi rejalashtirilgani sabab yirik operatsiya o‘tkazildi

© AP Photo / Boris RoesslerPolitsiya Germanii. Arxivnoe foto.
Politsiya Germanii. Arxivnoe foto.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2022
Obuna bo‘lish
Germaniya politsiyasining maxsus topshiriqlar bo‘linmasi mamlakatning 11 ta hududida bir vaqtda operatsiya o‘tkazgan.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Nemis politsiyasi bugun, 7 dekbar kuni Bundestagga (Germaniya parlamenti) bostirib kirishni rejalashtirgan o‘ng qanot ekstremistlariga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti “Spiegel” jurnaliga asoslanib, xabar berdi.
Nashr xabariga ko‘ra, Germaniya politsiyasining maxsus topshiriqlar bo‘linmasi (“spesnaz”) bir vaqtda 11 ta federal o‘lkada operatsiyaga o‘tkazmoqda. Qayd etilishicha, Germaniya bosh prokurori va Jinoyat politsiyasi federal boshqarmasi (JPB) topshirig‘iga ko‘ra, o‘nglar terror tashkilotiga a’zo bo‘lgan yoki uni qo‘llab-quvvatlagan 25 nafar erkak va ayol qo‘lga olingan.
Nashrning yozishicha, 130 dan ortiq uy, idora va boshqa binolar tintuv qilinmoqda yoki allaqachon tintuv qilingan.
Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilarning rejalari orasida, xususan, “Bundestagga qurolli hujum uyushtirish va siyosatchilarni hibsga olish” ham bo‘lgan. Shuningdek, xavfsizlik kuchlarining ayrim vakillari terrorchi guruh bilan birdamligini ko‘rsatishi, bu esa “to‘ntarish”ga olib kelishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0