Psixologik tayyorgarlik: rossiyalik mutaxassis sportchilar bilan muloqot o‘tkazdi - foto

Obuna bo‘lish
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan rossiyalik psixolog Temur Sultanov ishtirokida terma jamoalar uchun seminarlar tashkil etildi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiyalik mutaxassis Temur Sultanov O‘zbekiston terma jamoalari uchun psixologik tayyorgarlik bo‘yicha muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan rossiyalik psixolog Temur Sultanov ishtirokida terma jamoalar uchun seminarlar tashkil etildi.
Muloqot davomida 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Ular orasida shikoyat yoki turli savollar orqali murojaat qilgan 82 nafar atlet bilan alohida ishlanib, ularga kerakli tavsiyalar berildi.
“Psixologik tayyorgarlik g‘alaba yo‘lidagi muhim omillardan biri. Shuni inobatga olib, bu kabi seminarlar atletlar uchun kelgusida yangi g‘alabalar yo‘lida as qotadi”, deyiladi xabarda.
Treninglar davomida Markaz psixologlari ham ishtirok etib, malakali mutaxassis bilan ishlash davomida o‘zlari uchun qimmatli tajriba to‘plashdi.
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Milliy olimpiya qo‘mitasi  - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Milliy olimpiya qo‘mitasi  - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Milliy olimpiya qo‘mitasi  - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Yangiliklar lentasi
0