"Xavfni ko‘rganda darhol harakat qilish kerak". Moskvada buxorolik yigit mukofotlandi

Obuna bo‘lish
Ilk bor o‘tkazilgan “StoLIChNIE istorii” tanlovida keksa ayolni yong‘indan qutqargan buxorolik yigit mukofotlandi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Kecha 6-dekabr kuni Moskvada “StoLIChNIE istorii” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Mukofotga loyiq deb topilganlar orasida Buxorolik Jamshid Aslonov ham bor edi. O‘z o‘z hamkasbi moskvalik Anton Ivanov bilan birgalikda keksa ayolni yong‘indan qutqarib qolgan.
Jamshid va Anton to‘rt yildan beri birga ishlaydi. Favqulodda vaziyatda ular ikkilanmasdan yonayotgan xonadon ichida qolgan ayolni olovdan olib chiqishiga yordam berishga qaror qilishadi. Ularning ikkalasi ham ushbu vaziyatda bu eng to‘g‘ri qaror ekaniga ishonishgan.
Anton va Jamshid mukofotga nomzod bo‘lgan 300 kishi tanlab olingan eng yaxshi o‘nta sovrindorlar qatoriga kirishdi.
“StoLIChNIE istorii” tanlovi Moskva shahrining milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti, Xalqaro integratsiya texnologiyalari fondi va Moskva migratsiya markazi ko‘magiga birinchi marta o‘tkazilmoqda. Mukofot Moskvada ishlab, shu bilan birga, Rossiyani yaxshi tomonga o‘zgartirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan migrantlarga topshiriladi.
Migratsiya siyosati, xorijliklarning ijtimoiy va madaniy moslashishi va integratsiyasi sohasidagi tanlovning asosiy maqsadi poytaxt aholisiga xorijlik fuqarolarning moskvaliklar va umuman jamiyat uchun qilgan qahramona, ezgu va fidokorona ishlari haqida so‘zlab berishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0