Yevropa Rossiyaning yangi gaz ilmog‘i ustida

© LEX VAN LIESHOUT / ANP / AFPGazoviy super tanker
Gazoviy super tanker - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa Rossiya gaz quvuridan tantanali voz kechib, gulduros qarsaklar ostida Rossiya, AQSh va Qatardan suyultirilgan gaz sotib olishga o‘tdi.
Qish fasli tobora ishon bilan kirib kelar ekan energiya bozorlarida kutilmagan va unchalik yoqimli bo‘lmagan voqealar sodir bo‘ladi. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu dam olish kunlari Yevropa Ittifoqining aksariyat mamlakatlarida birinchi sovuqlar keladi va Polshada umuman olganda kuchli -10 daraja sovuq kutilmoqda. Biroq, termometrlar hali pastga tusha olmadi, chunki ma’lum bo‘lishicha, xuddi shu Yevropa Ittifoqi Rossiya suyultirilgan gazining eksportini rekord darajaga ko‘targan.
Aniq raqamlar ham ma’lum. Yevropa Ittifoqi yaqinda chiqib ketgan Buyuk Britaniya bilan birgalikda Rossiyada ishlab chiqarilgan LNG sotib olishni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga oshirdi. Bu, xususan, Germaniyaning Handelsblattnashri ICIS xalqaro tahliliy kompaniyasiga tayanib yozadi. Maqolani diqqat bilan o‘qiganda, kulgili tafsilotlar darhol ko‘rinadi.
Birinchidan, sanksiyalar ostidagi Rossiyadan suyultirilgan gaz Yevropaga va ayniqsa Britaniya orollariga qanday yo‘llar bilan yetib borayotganini hech kim aniq bilmaydi. G‘arb tahlilchilarining fikriga ko‘ra, Germaniya tranzitni ta’minlaydi, ammo uning o‘zining regazifikatsiya terminallari yo‘q, ya’ni yoqilg‘i inkognito rejimini diqqat bilan kuzatadigan boshqa mamlakatga keladi. Agar importni tahlil qiladigan bo‘lsak, u holda Fransiya, Belgiya yoki Gollandiya Rossiya suyultirilgan gazini qabul qiluvchi baza roliga mos keladi. Aynan shu yerda yoqilg‘i Germaniya mahsuloti sifatida hujjatlashtirilib keyin Yevropa bo‘ylab tarqaladi va La-Manshni kesib o‘tadi.
Ikkinchidan, suyultirilgan gaz bozoridagi narxlar o‘zgarishini bilvosita tahlil qilish quvurlar orqali yetkazib berish keskin kamayganidan keyin ta’minot zanjirlarini qayta yo‘naltirish Yevropaga necha pulga tushganini taxmin qilish imkonini beradi. G‘arb ekspertlari yakuniy chiziqni diqqat bilan belgilab olishdi - joriy yilning yanvaridan noyabrigacha bo‘lgan davrda faqat Rossiyadan LNG import qilish uchun kamida 27 milliard yevro to‘langan.
Shu bilan birga, faqat amerikaliklar Britaniya va Yevropa Ittifoqini xiyonatda ayblashlari mumkin. Ularning o‘zlari energiya resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Masalan, so‘nggi kunlarda Britaniya matbuoti avtomobil yoqilg‘isi, ayniqsa, dizel yoqilg‘isi narxi rekord darajada oshgani haqidagi maqolalarga to‘la.
Bir vaqtning o‘zida energiya tanqisligi tufayli bu yil sovuq haroratdan o‘limlar soni rekord darajada bo‘lishi va bu toifadagi o‘limlar soni 100 ming kishini tashkil etishi haqidagi tushuncha ommaviy ongga juda yumshoq tarzda kiritilmoqda.
Hukumat fuqarolar noroziliklariga javoban, gaz aspoblari dastaklarini pastroqqa burab qo‘yishni tavsiya etmoqda. (yevropaning aksariyat davlatlarida uy ichidagi harorat 16-18 daraja) Britaniyada Konservatip partiya rahbari Nadxim Zaxavi tibbiyot xodimlari ish tashlashiga munosabat bildirar ekan “arz-dod qilmasdan birlashib Putinga aniq signal yuborishni– ya’ni “ular energiyadan qurol kabi foydalanishga yo‘q qo‘ymasliklarini” bildirishni taklif qildi.
Shu bilan birga, fransuz ommaviy axborot vositalarida daraxtlarni keyinchalik o‘tin sifatida yoqish uchun to‘g‘ri va tejamkor kesish haqida eslatmalar nashr etilmoqda. Prezident Makron vaziyatni keskinlashtirmaslikni so‘raydi, ammo pessimistik nashrlar hali ham havas qiladigan muntazamlik bilan chiqmoqda.
Bloomberg mualliflari aytishiga ko‘ra, agar yaqin kunlarda Yevropada kuchli shamol esmasa, operatorlar xuddi Ukrainadagi kabi elektr energiyasini o‘chirishga majbur bo‘lishlarini ta’kidlamoqda. Yagona farq shundaki, bunda Rossiya hech qachon birorta Yevropa IESi yoki podstansiyasini hatto chertmagan.
Ayni paytda biz Yevropa o‘z energetik va siyosiy mustaqilligini to‘liq yo‘qotgani haqida gapirishimiz mumkin. Ayrim Yevropa mamlakatlari rahbarlari vahima ichida barcha tutqichlarni ketma-ket tortib, qishdan o‘tish uchun resurslarning suyuq oqimini qandaydir tarzda o‘zgartirishga harakat qiladigan kommutator vazifasini bajarmoqda. Shu bilan birga, energetika bozorni qayta taqsimlash ketmoqda va bu taqsimlash muqobili bo‘lmagan-majburiy shaklda va yevropaliklarning ishtirokisiz amalga oshirilmoqda.
Rossiyadan suyultirilgan gaz sotib olishning o‘sishi bir narsani yaqqol ko‘rsatadi – Rossiyani energiya yetkazib beruvchi davlat sifatida chetga chiqarib tashlashning iloji yo‘q. Axmoqona sanksiyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, Rossiya gazi yevropaliklar uyiga shuncha qimmat narxda yetib boradi.
Ushbu vaziyatdan qaymoqlarni, albatta, Yevropaning eski iqtisodiy aloqalarini g‘alaba bilan uzib qo‘ygan va hozirda asosiy eksportchiga aylangan Qo‘shma Shtatlar olmoqada.
Bir necha kun avval Amerikaning Sempra Energy kompaniyasi Fransiyaning Engie kompaniyasi bilan yiliga 0,9 million tonna (1,2 milliard kub metr) suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha 15-yillik shartnoma imzoladi.
Bir qarashda bu oddiy shartnomadek tuyulishi mumkin, ammo uning bir ahamiyatli tomoni bor. Suyultirilgan yoqilg‘ini ishlab chiqarish va jo‘natish Port Artur terminalida amalga oshiriladi. Ushbu alohida buyurtmani bajarish uchun dastlabki ikkita ishlab chiqarish liniyasi qurib bitkazilmoqda. Ya’ni, qurilish oldindan muayan maqsadni ko‘zlab amalga oshirilgan va ular ushbu kelishuv amalga oshishiga to‘liq ishongan.
Lekin bu hali detektiv hikoyaning oxiri emas: terminal egalari o‘zlarining kelajak rejalarini, ya’ni Port Arturni Shimoliy Amerikadagi eng yirik suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchisiga aylantiradigan yana sakkizta gaz suyultirish liniyalarini qurishni allaqachon aytib o‘tishgan. O‘ylaymizki, Yevropa matbuotidagi nashrlarning qayg‘uli ohangi ko‘p yillik foydali shartnomalarni intiqlik bilan kutayotgan amerikalik eksportchilarni juda rag‘batlantiradi. Yevropani Rossiya energiya resurslaridan mahrum qilgan aynan o‘sha eksportichlar.
Biroq, rossiyalik energetiklar ham tushkunlikka tushmasligi kerak. G‘arb tahlilchilarining fikriga ko‘ra, Rossiya korxonalardan eksportga suyultirilgan gaz yetkazib berish barqaror o‘sib bormoqda. Bu esa sanoatning yanada o‘sishi uchun harakatlantiruvchi omil hisoblanadi. Misol uchun, yaqinda Yamal LNG loyihasi yubiley 50 million tonna suyultirilgan gazni jo‘natish haqida xabar berdi. Bu juda ko‘p bo‘lib tuyuladi, lekin ular allaqachon yangi nishonni ko‘zlamoqdalar - yiliga 21 million tonna, ya’ni rekord yig‘ilgan ko‘rsatkich tez orada har ikki yilda bir marta amalga oshiriladi. Va gaz tashuvchilar qayerga borishi faqat narx taklifiga bog‘liq bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili aynan Yevropa bozori Osiyo bozorlaridan ko‘ra narx yuqori edi.
Bular bekorchi xayollar emasligini boshqa faktlar ham tasdiqlaydi.
Yaponiyada hukumat suyultirilgan gaz saqlash uchun zaxira hajmini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Olaf Shols boshchiligida, Rossiya bilan aloqalarning uzilishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan Germaniya, haqiqatan ham, gaz tranzitidan chiqib, hech bo‘lmaganda yo‘qolgan kozozlarning bir qismini qaytarib olishni xohlaydi. Ular birinchi navbatda ikkita LNG terminalini, xususan Brunsbuttel va Lyubminda qurish bo‘yicha loyihalar allaqachon tasdiqlangan. Demak "Shimoliy oqim" quvurlari katta tonnajli kemalar bilan almashtiriladi. Kiyev ham o‘zining regazifikatsiya terminalini orzu qilmoqda, ammo bu yerda biz bir narsani kafolat bilan aytishimiz mumkin - u hech qachon qurilmaydi, chunki Ukrainaga rus gazini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishdan ko‘ra Yevropa orqali qayta sotish ancha foydali. Ham moliyaviy, ham tarbiyaviy nuqtayi nazaridan.
"Shimoliy oqim" liniyalarini ta’mirlash, Ukraina va Polsha orqali gaz oqimini tiklash haqida gap yo‘qligi sababli, biz Yevropa iqtisodiyoti va energetikasining muqobil ta’minotga, ayniqsa suyultirilgan gazga o‘tishini kutishimiz kerak. Yetkazib beruvchilar ro‘yxati allaqachon ma’lum - bular Qatar, Rossiya va AQSh. Ya’ni, Yevropa Ittifoqi Rossiya gaz quvuridan tantanali voz kechib, gulduros qarsaklar ostida bir yonog‘iga rus ilgagini, ikkinchisiga esa Amerika suqib olmoqda. Nia ham derlik, ular erkin odamlar haqqi bor.
Yangiliklar lentasi
0