O‘zbekiston eng ko‘p shokoladni Rossiyadan import qildi

© Depositphotos.com / Beats1Raznie vidi shokolada i kakao
Raznie vidi shokolada i kakao  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
Obuna bo‘lish
Mamlakatda kakao va shokolad importi 1,3 ming tonnaga oshdi - tavsilotlar.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan26,3 ming tonna kakao va shokolad import qildi.Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakat yanvar-oktabr oylarida 44ta xorijiy davlatdan 38,1 ming tonna kakao va shokolad import qildi.
Kakao va shokolad importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 10 oyda eng ko‘p kakao va shokolad import qilgan davlatlar:
Rossiya – 26,3 ming tonna
Niderlandiya – 1,6 ming tonna
Ukraina – 1,6 ming tonna
Polsha – 1,5 ming tonna
Turkiya – 1,5 ming tonna
Qozog‘iston – 1,4 ming tonna
Xitoy – 563 tonna
Belarus – 261 tonna
Germaniya – 308 tonna
Italiya – 148 tonna
Fransiya – 134 tonna
Shveysariya – 29 tonna
Ma’lumot uchun, bu yil Rossiya shokoladining jahon bozorlariga yetkazib berishdagi ulushi 1 foizdan rekord darajadagi 4,9 foizga oshdi. Rossiyaning asosiy bozorlari Qozog‘iston va Xitoy bo‘lib, ular shokolad eksportining 30% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Ichki bozorda shokolad iste’moli yiliga kishi boshiga 7,44 kg ga yetdi.
Yangiliklar lentasi
0