Toshkent avtovokzalidan qo‘shimcha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Transport boshqarmasi matbuot xizmatiToshkent avtovokzali
Toshkent avtovokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentdan Denov, Xiva va Termizga qo‘shimcha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Toshkent avtovokzalidan qo‘shimcha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, 8-dekabr kuniga belgilangan qatnovlar ro‘yxatiga qo‘shimcha ravishda yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlar tashkil etildi.
Ular quyidagicha:
19:00 | Toshkent – Denov chipta narxi 125 000 so‘m
19:00 | Toshkent – Xiva chipta narxi 155 000 so‘m
19:30 | Toshkent – Denov chipta narxi 125 000 so‘m
19:30 | Toshkent – Termiz chipta narxi 119 000 so‘m
Eslatib o‘tamiz, 5-dekabr kuni Toshkent avtovokzalidan shaharlararo avtobuslar harakati yo‘llarda yuzaga kelgan muzlamalar sababli yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bekor qilingandi. Shu kunning o‘zida avtobuslar harakati qayta tiklandi.
Yangiliklar lentasi
0