Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920
Innoprom — 2023
Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” — uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uch davlat o‘z milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.

Aripov YeOII davlatlarini “INNOPROM”da ishtirok etishga taklif qildi

© Skrin s videoVistuplenie Abdulli Aripova na Zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v Bishkeke.
Vistuplenie Abdulli Aripova na Zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v Bishkeke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Kooperatsiya aloqalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishni tezlashtirish muhim, dedi Aripov.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarini “INNOPROM” maydonchasidan faol foydalanishga taklif qiladi. Bu haqda 9-dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan YeOII davlatlari rahbarlarining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zlagan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.
“Biz sizlarni har yili Toshkent shahrida mamlakatlarimiz hududlari tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etgan holda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish maqsadida o‘tkaziladigan “INNOPROM” maydonchasidan faol foydalanishga taklif qilamiz”, dedi u.
Aripov, shuningdek, YeOIIga a’zo mamlakatlarning muhim vazifasi ularning barqaror sanoat rivojlanishiga hissa qo‘shadigan yangi barqaror tiklanish zanjirlarini shakllantirishdan iborat ekanligini ta’kidladi.
“Kooperatsiya aloqalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishni tezlashtirish muhim”, deya xulosa qildi u.
Eslatib o‘tamiz, uchinchi “INNOPROM” ko‘rgazmasi 2023-yil 24-26 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu safar qo‘shni davlatlar, Janubiy va Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari kompaniyalari ishtirok etadi.
Ko‘rgazma tashkilotchilari O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligidir. O‘tgan yili ko‘rgazmaga 10 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurdi. O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston, Vengriya, Fransiya, Niderlandiya, Italiya va Hindistondan 200 ga yaqin kompaniya “INNOPROM” ishtirokchisi bo‘ldi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 128 million dollarlik 21 ta shartnoma imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0