Birjada benzin arzonlashdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishRabota AZS, illyustrativnoe foto
Rabota AZS, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Birja savdolarida bir kunda 4 ming tonna AI-80 mrkali benzin sotildi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Bugun O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida (O‘zRTXB) o‘tkazilgan birja savdolari yakunlariga ko‘ra AI-80 markali benzin narxi arzonlashdi. Bu haqda O‘zRTXB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi savdolarda AI-80 markali benzinning birjada shakllangan o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8 mln 140,4 ming so‘mdan 6 mln 982,5 ming so‘mgacha, ya’ni 14 foizga pasaydi.
Kunlik savdolar davomida birja orqali 4 000 tonna AI-80 markali avtomobil benzini sotilgan.
“Litrga o‘tkazilgan AI-80 markali benzinning birjada shakllangan narxi mahsulotning bir litri uchun o‘rtacha 5 262,0 so‘mni tashkil qilgan”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299ta avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchasiga benzin yetkazib berish to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0