Maktablar onlayn ta’limga o‘tkaziladimi ?

© MNOShkolnik
Shkolnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Energetika vaziri o‘quvchilarni onlayn ta’limga o‘tkazish va maktablarni issiqlik va elektr energiyasidan vaqtincha uzish masalasiga oydinlik kiritdi - tavsilotlar.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Ta’lim muassasalarida issiqlik ta’minotini to‘liq ta’minlash imkoniyati yaratilgan. Bu haqda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov ma’lum qildi.
Energetika vaziri o‘quvchilarni onlayn ta’limga o‘tkazish va maktablarni issiqlik va elektr energiyasidan vaqtincha uzish masalasiga oydinlik kiritdi. Qayd etilishicha, hozirda bunday masalalar o‘rganilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maktablar issiqlik tizimidan uzilgan taqdirda ham, tizmlar muzlab qolmasligi yoki avariyaviy holatlar kelib chiqarmasligi uchun qandaydir isitish tizimlari faoliyat ko‘rsatib turishi kerak bo‘ladi.

“Masofaviy ta’limni berish uchun ham o‘qituvchi ish joyiga kelib, dars tayyorlashi, tegishli infrastrukturadan foydalanishi kerak. Bunday cheklov kiritishni hojati yo‘q. Chunki hozirgi kundagi maktab, ayniqsa ta’lim muassasalariga yaratib berilgan sharoit, u yerda ko‘rilgan choralar issiqlik ta’minotini to‘liq ta’minlash imkoniyatini beradi”, deydi Jo‘rabek Mirzamaxmudov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda umumta’lim muassasalarining qish mavsumini betalofat o‘tkazish, maktablarda yuzaga kelayotgan muammoli holatlar va ularning yechimi muhokama etilgan edi.
Unda maktablarda issiqlik bilan muammo yuzaga kelsa hamda kovid bilan kasallanish holatlari ko‘paysa mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda o‘quvchilar bir haftalik ta’tillarga chiqarilishi yuzasidan tavsiya berilgan.
Yangiliklar lentasi
0