Olis hududlardagi bemorlarga havo yo‘llari orqali tez tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi

© Press-slujba AO Uzbekistan AirwaysUzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV
Uzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Olis hududlardagi bemorlarga havo yo‘llari orqali tez tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Endilikda olis va chekka qishloqlardayashovchi bemorlarga havo yo‘llari orqali tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda AOKAda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan OAV vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Qayd etilishicha, olis va chekka qishloqlarda, noqulay ob-havo sharoitlarda aholiga havo yo‘llari orqali samolyot va vertolotlarda xizmat ko‘rsatish sanaviatsiya tez tibbiy yordami tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Respublika tez tibbiy yordami markazi direktori Abduvoit Gafurovning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yildan aholi chaqiruvlari mobil ilova orqali amalga oshiriladi.
© SputnikSog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Sog‘liqni saqlash vazirligi
“Endilikda ma’nan eskirgan, ekspluatatsiyaga yaramay qolgan 2100 dan ortiq tez tibbiy yordamdagi damas avtotransport vositalari yangilariga almashtiriladi. Shuningdek, tibbiy, texnik xodimlar malakasini oshirishda Rossiya, Fransiya, Janubiy Koreya mamlakatlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda”, deydi Abduvoit Gafurov.
“Tez tibbiy yordamning 2022-2023 yillardagi chora-tadbirlar strategiyasi”ga ko‘ra, Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning filiallarida zamonaviy bino-inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, infrastrukturasini yaratishda mahalliy budjetdan 113 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filialidan iborat tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi tashkil etildi.
O‘tgan yilda tez tibbiy yordamda "B" toifali 435ta reanimobil aholiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib bunday zamonaviy sanitar avtoulovlar soni 541 taga yetdi.
Hozirda damas transport vositalarining 163tasi Toshkent shahri, 56tasi Samarqand, 44tasi Farg‘ona hamda 38tasi Namangan viloyatlari aholisiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0