Xiva yirik etnosport festivaliga tayyorlanmoqda

© unsplash/AXP PhotographyBazar v Xive.
Bazar v Xive. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2022
Obuna bo‘lish
Festivalga dunyoning 65 ta mamlakatidan mehmonlar taklif etiladi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Xiva yirik etnosport festivaliga tayyorlanmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Xiva shahrida 2023-yil sentabr oyida xalqaro Etnosport festivali o‘tkaziladi. Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov festivalini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
"Festivalga dunyoning 65 ta mamlakatidan mehmonlar taklif etiladi. Mehmonlar soni 1500 nafarni tashkil etadi. Ular Xiva shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 144 ta mehmonxonadan o‘rin olishadi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida etnosport bo‘yicha festival bo‘lib o‘tgandi. Festivalga nafaqat O‘zbekiston balki, Qirg‘izistondan ham ishtirokchilar tashrif buyurgan. Ular dorbozlik, merganlik, tosh ko‘tarish, kurash kabi milliy o‘yinlarda kuch sinashishdi.
Ma’lumot uchun, etnosport an’anaviy o‘yinlarning haqiqiyligini saqlab qolish va ularni zamonga muvofiqlashtirish imkonini beruvchi sport tadbirlarining shaklidir.
Yangiliklar lentasi
0