Mavsumiy kasalliklarda bolalarni davolashda nimalarga e’tibor qaratish lozim

© Pixabay / Victoria_BorodinovaRebenok s gradusnikom, illyustrativnoe foto
Rebenok s gradusnikom, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda qish fasli o‘zining qahraton kunlarini boshladi. Yosh bolalarning sog‘ligida esa salbiy o‘zgarishlar kuzatilish boshlandi. Bunday vaziyatda nimalar tavsiya etiladi?
Hammaga ma’lumki, sovuq kunlarda yosh bolalarda ko‘p uchraydigan laringit, o‘tkir yo‘tal va gripp kasalliklari tez yuquvchanligi va tarqaluvchanligi bilan mavsumiy kasalliklar turkumidagi o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) guruhiga kiradi.
“Mazkur kasalliklarni oldini olish tadbirlarining eng muhimi – bu vaksinadir. Shu bois har yili kuz faslining birinchi oylarida maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarni boshlang‘ichsinflarida bolalar grippga qarshi vaksina bilan bepul emlaniladi”, - dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori, pediatr Sevara Ubaydullayeva Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yildan yilga ortiqcha vaznga ega bo‘lgan bolalar soni ortib bormoqda, bolalar orasida allergik holatlar kuchayishi ham kuzatilmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida laringit va o‘tkir yo‘talni og‘irroq kechishi va cho‘zilishiga sabab bo‘ladi.
Bunday holatlarda bolalarga allergik kasallikni kuchayishiga ta’sir qiluvchi ozuqa maxsulotlari – shirinliklar, shakar qo‘shilgan suyuqliklar, sitrus mevalar, sho‘r, nordon va achchiq mahsulotlarni cheklash tavsiya qilinadi.
Ubaydullayeva kasallikni o‘tkir davrlarida oshqozon ichak tizimini shilliq qavvatlarida ham yallig‘lanish mavjud bo‘lishini nazarda tutsak, yengil hazm bo‘ladigan, yumshoq va bo‘tqasimon sho‘rvalar, ovqatlar berilishi tavsiya qilinishini ma’lum qildi. Qolaversa, meva va sabzavotlar qaynatilgan yoki dimlangan holda berilsa, bemor bolalarni tuzalishiga ijobiy hissa qo‘shadi.
“Qish mavsumida turli xil vitamin va mikroelementlarga boy meva va savzavotlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Aynan O‘zbekiston sharoitida yetishtiriladigan meva va sabzavotlarni iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir, ya’ni olma, nok, xurmo, uzum, pomidor, sabzi, karam, lavlagi, bodring, bulg‘or qalampiri, baqlajon, qovoq, sholg‘om, turp va turli xil ko‘katlar”, - dedi shifokor.
Shu bilan birga, bolalar immun tizimi mustahkam bo‘lishi uchun sut, sut mahsulotlaridagi ozuqa moddalari, tovuq, go‘sht maxsulotlari, tuxum, dukaklilarni ham belgilangan talablar bilan ovqatlar tayyorlansa, bolani organizmiga foydali bo‘lib, bolani immun tizimini mustahkamlaydi.
Uy sharoitida xonadonni tez-tez tozalab turish, bolalarni shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi kasallikni yuqishidan himoya qilishi bilan tezroq tuzalish imkoniyatini yaratadi. Bolalarni tez-tez tomoq va burunlarini chayish kerak. Ko‘proq suyuqliklar ichish tavsiya etiladi.
Yangiliklar lentasi
0