Hindiston kelasi haftadan Rossiya bilan savdo-sotiqda rupiyadan foydalanishni boshlaydi – OAV

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i Indii, arxivnoe foto
Flagi Rossii i Indii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Beshta yoki oltita Rossiya banki Hindiston banklarida savdo hisob-kitobi uchun rupiyada hisob ochishga ruxsat olgan.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Kelasi haftadan Hindiston Rossiya bilan savdo-sotiqdagi hisob-kitoblarda rupiyadan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda Hindiston eksport tashkilotlari federatsiyasi bosh direktori Ajay Saxay “Mint” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Qator masalalar hal etildi. Eksportchilari importchilar banklarga hisob ochish uchun (rupiyada – tahr.) murojaat qila boshlashdi. Rossiya bilan ayrim tovarlar savdosi hisob-kitoblari yangi to‘lov tizimi bo‘yicha kelasi haftadan amalga oshirilishi kutilmoqda”, - dedi u.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, beshta yoki oltita Rossiya banki Hindiston banklarida savdo hisob-kitobi uchun rupiyada hisob ochishga ruxsat olgan. Nashr hozirgacha bunday 10-11 ta hisob ochilganiga aniqlik kiritgan.
Rossiya Hindistonga eng yirik neft yetkazib beruvchiga aylandi
Noyabr boshida Hindiston hukumati xalqaro savdo hisob-kitoblarida milliy valyutadan foydalanishga ruxsat bergan. Noyabr o‘rtasida Hindiston Rossiya bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ikki baravarga oshirishmoqchi ekani ma’lum bo‘lgan edi, milliy valyutalardagi hisob-kitoblar esa bu uchun qo‘shimcha turtki bo‘lishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0