Aholini benzin bilan ta’minlash mamlakat rahbariyati nazoratida – Energetika vazirligi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka, arxivnoe foto
Zapravka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
Energetika vazirligi mamlakatda benzin taqchilligi yo‘qligi ma’lum qildi va sun’iy tanqislikni yuzaga keltirishga urinmoqchi bo‘lganlarni ogohlantirdi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Aholini benzin bilan ta’minlash holati mamlakat rahbariyati nazoratida. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, kuz-qish mavsumida avtobenzin narxini barqarorlashtirish maqsadida qabul qilingan prezident qarori belgilangan muddatda benzin narxi barqaror bo‘lishini ta’minlaydi.
“Mamlakatimizda benzin taqchilligi yo‘q, uning barqaror ta’minoti mavjud, yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi, importning ko‘zda tutilgan hajmi barqaror davom etmoqda”, - deyiladi xabarda.
Vazirlik ma’lmotlariga ko‘ra, havo harorati pasayib borayotganidan foydalanib, ayrim tadbirkorlar yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotilayotgan benzin narxini asossiz ravishda oshirish holatlari ham uchrab turibdi.
“Shuni unutmaslik kerakki, O‘zbekiston ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan davlat ekan, bunday hollarda foyda ko‘rishga, sun’iy tanqislik holatini yaratishga yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu qaror mish-mishlar va shov-shuvlardan daromad topishga urinayotganlar uchun jiddiy to‘siq bo‘ladi”, - deya ta’kidlagan xabarda.
Haydovchilarga benzinni zaxirada xarid qilish va uni yaroqsiz sharoitda saqlash noqonuniy hisoblanishi eslatilgan.
Yangiliklar lentasi
0