“Hamdo‘stlik yulduzi”: Ramiz Usmonov MDH mukofotiga sazovor bo‘ldi

© GABT im. A. NavoiRamiz Usmanov, Narodniy artist Uzbekistana.
Ramiz Usmanov, Narodniy artist Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
“Hamdo‘stlik yulduzi” mukofoti har yili MDH mamlakatlari vakillariga gumanitar sohadagi muvaffaqiyatlari uchun beriladi
TOShKENT, 13 dek - Sputnik O‘zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori Ramiz Usmonov MDH mamlakatlarining asosiy davlatlararo mukofoti “Hamdo‘stlik yulduzi”ga sazovor bo‘ldi.
Mukofot Usmonovga Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan MDHga a’zo davlatlar ijodiy va ilmiy ziyolilarining XV forumida topshirildi.
“Hamdo‘stlik yulduzi” mukofoti har yili tashkilotga a’zo va ishtirokchi mamlakatlar vakillarining hamdo‘stlikning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan gumanitar faoliyatdagi eng muhim yutuqlari uchun beriladi.
Opera xonandasi va Alisher Navoiy teatri direktori Ramiz Usmonov 1981-yili Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida tavallud topgan. 1996-yili Yunus Rajabiy nomidagi musiqa bilim yurtining “rubob” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan. Undan so‘ng tahsilni “akademik vokal” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida davom ettirgan.
Usmonov ilk xalqaro mukofotini Moskvada 2008-yilda bo‘lib o‘tgan “Romansiada” ko‘rik-tanlovida qo‘lga kiritgan. Ikki yildan so‘ng artist Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Bul-bul nomidagi xalqaro xonandalar ko‘rik-tanlovida “Eng yaxshi tenor” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan. 2010-yilda Ramiz Usmonov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga loyiq ko‘rilgan. 2013-yil Avstriyada bo‘lib o‘tgan Competizione dell`Opera xalqaro ko‘rik-tanlovida ikkinchi o‘rin, 2014-yilda Minsk xalqaro 1-Rojdestvo operasi tanlovida gran-priga sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz: MDH mamlakatlari ijodiy va ilmiy ziyolilarining XV forumi 12-dekabrdan buyon Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda. Hamdo‘stlikning mashhur artistlari, sportchilari va ilm-fan vakillari- forum ishtirokchilari. Forum mavzusi: “Gumanitar hamkorlik- o‘ttiz yillik tajriba va rivojlanish istiqbollari”.
Ijodiy va ilmiy ziyolilar forumi 2006-yildan buyon MDH hududidagi eng yirik gumanitar tadbir hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0