Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til qachon boshlanishi aniq bo‘ldi

© Unsplash / Jordan Sanchez Pustie parti v klasse
Pustie parti v klasse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 2023-yil 10-yanvargacha davom etadi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr kuni qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar qildi.
Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 2023-yil 10-yanvargacha davom etadi.
III chorak 2023-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.
Avvalroq talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0