O‘zbek adiblari asarlari MDH zamonaviy adabiyoti to‘plamiga kiritildi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAntologiya Sovremennaya literatura stran SNG
Antologiya Sovremennaya literatura stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
MDH mamlakatlari vakillari bo‘lgan 84 muallifdan sakkiz nafari O‘zbekistonlik yozuvchilardir.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. “MDH mamlakatlari zamonaviy adabiyoti antologiyasi. Nasr” kitobiga sakkiz nafar zamonaviy o‘zbek yozuvchilarining ijodi kiritildi. Kitob taqdimoti Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDHga a’zo davlatlar ijodkor va ilmiy ziyolilarining XV forumida o‘tkazildi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri Ramiz Baxtiyarov.
“Go‘zal, serquyosh O‘zbekistonda, Toshkent shahrida biz Antologiyani taqdim etishdan faxrlanamiz. Bunga MDHning o‘n bir mamlakatidan kelgan zamonaviy mualliflarning matnlari kiradi”, - deydi loyiha kuratori Madina Jemuxova Sputnik muxbiriga bergan izohida.
Kitobga asarlari kiritilgan 84 muallifdan sakkiz nafari o‘zbek. Kitobning tiraji 2,5 ming nusxani tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, MDHga a’zo davlatlar ijodkor va ilmiy ziyolilarining XV forumi Toshkentda 14-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Uning ishtirokchilari – Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarning taniqli san’atkorlari, sportchilari va olimlari.
Bu galgi forumning mavzusi – “Gumanitar hamkorlik – o‘ttiz yillik tajriba va rivojlanish istiqbollari”. Tadbir doirasida “Hamdo‘stlik yulduzlari”, “Hamdo‘stlik debutlari” mukofotlari topshiriladi.
MDH Ijodkor va ilmiy ziyolilarining forumlari 2006-yildan boshlab turli mamlakatlarda navbatma-navbat o‘tkazib kelinmoqda. U har yili o‘tkaziladigan eng yirik gumanitar tadbir.
Yangiliklar lentasi
0