Qalin tuman tufayli Farg‘ona vodiysida aeroportlar faoliyati vaqtincha cheklandi

© Uzbekistan airports Namangan xalqaro aeroporti
Namangan xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Farg‘ona, Andijon va Namangan xalqaro aeroportlarida yaqin orada ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutilmoqda.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Noqulay ob-havo tufayli Farg‘ona vodiysida aeroportlar faoliyati vaqtincha cheklandi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
Qalin tuman va ko‘rish chegarasining pastligi bir nechta xalqaro aeroportlarda samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishlar kechiktirilishiga sabab bo‘ldi.
Xususan, noqulay ob-havo tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY87 (Urganch — Farg‘ona) reysi Urganch aeroportida ushlab qolindi. Samolyotda 73 yo‘lovchi bor bo‘lib, u mahalliy vaqt bilan soat 09:35 da uchishi lozim edi.
Ko‘rish chegarasi 25 metrdan kam bo‘lganligi sababli HY71/72, HY84 (Farg‘ona — Samarqand, Farg‘ona — Toshkent) reyslari bekor qilindi.
Shuningdek, “Farg‘ona” aeroporti Sankt-Peterburgdan uchgan samolyotni qabul qila olmadi va bort “Toshkent” aeroportiga yo‘naltirildi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9628/9627 (Toshkent — Farg‘ona — Moskva) va HY622 (Toshkent — Farg‘ona) yo‘nalishidagi reyslari uchish vaqti o‘zgartirildi.
Quyuq tuman (ko‘rish — 300 metr) HY622 (Moskva — Andijon) reysi uchish aeroportida bir necha soatga kechiktirilishiga sabab bo‘ldi. Xozirda samolyot kutish zonasiga yo‘naltirildi va muqobil aerodromga jo‘nab ketadi.
Shuningdek, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Namangan aeroportida bir qator reyslar qoldirilgan. Beqaror ob-havo tufayli aeroport vaqti-vaqti bilan samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishlarni cheklashga majbur bo‘lmoqda.
Farg‘ona, Andijon va Namangan xalqaro aeroportlarida yaqin orada ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0