Rossiya bilan hamkorlikda tirsak bo‘g‘imi jarohatlarini tabiiy usulda davolash yo‘lga qo‘yildi

© Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Suyak to‘qimalarining tug‘ma yoki orttirilgan patalogiyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash jarayonida rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik ijobiy samara bermoqda.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekistonda rossiyalik mutaxassisilar ishtirokida tirsak bo‘g‘imi jarohatlarini Ilizarov usulida tiklash amaliyoti joriy etilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tirsak bo‘g‘imini tabiiy yo‘l bilan tiklashga qaratilgan ilg‘or amaliyot joriy etilmoqda.
Mazkur muolaja turi suyaklarda rekonstruktiv operatsiyalar o‘tkazib, bemorga Ilizarov apparatini o‘rnatish hamda bo‘g‘imlarning harakatini tiklashga qaratilgan.
Qayd etilishicha, suyak to‘qimalarining tug‘ma yoki orttirilgan patalogiyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash jarayonida rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik ijobiy samara bermoqda. Ushbu yo‘nalishda Rossiyaning Ilizarov nomidagi tiklovchi tramatologiya va ortopediya ilmiy markazi shifokorlari bilan o‘zaro tajriba almashinuvi mavjud.
“Markazdagi hamkasblarimiz bilan hamkorlik memarandumi asosida yangi texnologiyalarni tadbiq etib kelmoqdamiz. Ushbu kelishuvlarda travmatologiya, ortopediya, jarrohlik va reabilitatsiya sohalardagi muamollarning yechimini topish maqsad qilingan. Masalan, navbatdagi amaliyotlarimiz tirsak bo‘g‘ini kasalliklarini davolashga qaratilgan. Tez kunlarda bemorlar suyagini endoprotez yoki plastinalar yordamida emas, balki Ilizarov usuli asosida tabiiy yo‘l bilan tiklash amaliyotini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan”, deydi shifokor –travmatolog Yuriy Soldatov.
Qayd etilishicha, bir nechta bemorlar yangi texnologiyalar bilan operatsiya qilindi.

“Tirsak bo‘g‘imi insonda eng murakkab bo‘g‘imlardan biri hisoblanadi. Chunki bu yerda bu bo‘g‘im bitta bo‘lgani bilan, ichida 3ta bo‘g‘imdan iborat. Ularning bir biriga sinxron ishlashini ta’minlash juda ham murakkab. Hozirgi kunda uni ta’minlovchi yuqori texnologik endroprotezlar juda kam. Bunda samara beruvchi usullar - suyaklarda rekonstruktiv operatsiyalarni amalga oshirish va unga Ilizarov aparatini o‘rnatib, bo‘g‘imning xarakatini tiklashdan iborat”, deydi markazning bolalar travmatologiyasi bo‘limi mudiri Iskandar Xo‘janov.

Kelgusi yildan ushbu texnologiyani nafaqat marakazning o‘zida balki, hududiy filiallarida ham joriy etish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0