“Radikal choralar”. AQSh Ukraina uchun eng keskin ishga qo‘l urdi

© Foto : U.S. ArmyIspitatelnie strelbi iz ZRK Patriot. Arxivnoe foto
Ispitatelnie strelbi iz ZRK Patriot. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
Ekspertlarning aytishlaricha Amerika komplekslari Ukrainaning alohida obyektlarini himoya qilishga qodir. Biroq, Kiyev istayotgandek, osmonni to‘liq yopish imkonsiz.
CNN telekanalining manbalarga tayanib xabar berishicha, Amerika hukumati Ukrainaga Patriot zenit raketa komplekslarini yetkazib bermoqchi. Avvalroq, Oq uy bunga qaror qila olmagan edi. Ushbu qurol jang maydonida kuchlar muvozanatini o‘zgartira oladimi – RIA Novostida batafsil

Osmonni yopish

Noyabr oylaridayoq Pentagon “Patriot”larni Kiyevga yubormasligini ma’lum qilgan edi. Endi esa Amerika harbiy idorasi: “Hozircha hech nima deya olmaymiz”, deya mujmal javob bermoqda.
Telekanalda aytilishicha, qarorni mudofaa vaziri Lloyd Ostin va prezident Jo Bayden tasdiqlashi kerak.
Havo hujumiga qarshi tizimlar yetkazilishi haqida Fransiya ham xabar berdi. Mamlakat TIV rahbari Katrin Kolonna aynan qanday qurol haqida so‘z borayotganini aniq aytmagan. Biroq, noyabr so‘nggida Ukraina Qurolli Kuchlari Parijdan ikkita Crotale zenit raketa komplekslarini qabul qilib olgani ma’lum bo‘ldi.
Yaqinda Vashingtonga tashrifi chog‘ida Emmanuel Makron Baydenga Ukrainani bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan edi.
© © Foto : U.S. ArmyAmerikanskiy zenitniy raketniy kompleks Patriot
Amerikanskiy zenitniy raketniy kompleks Patriot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Amerikanskiy zenitniy raketniy kompleks Patriot

“Qimmatbaho rohat”

Britaniyaning Jane’s harbiy portali ma’lum qilishicha, gap bu yerda atigi bitta batareyadagi to‘rtta ishga tushirish o‘rnatmalari, har biri- sakkizta raketali Patriot PAC-3 lar haqida ketmoqda. Qoidaga ko‘ra, bunga qo‘shib boshqaruv punkti, radiolokatsiya stansiyasi va quvvatlantiruvchi mashinalar ham beriladi.
PAC-3 – ancha yangi modifikatsiya, ammo u qurollar safiga 2001-yilda qabul qilingan. Samolyotni bir o‘q bilan urib tushirish ehtimoli ancha yuqori- ya’ni 80-90%, taktik raketa bilan -60-80%. Nishon 15 kilometr balandlikda va 20 kilometrgacha masofada soniyasiga 1600 metr tezlikda harakatlana oladi.
“Shunday qilib, G‘arb Ukrainaning energotizimlarini himoya qilmoqchi. Hozir ular Rossiyaning muntazam zarbalaridan katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda”,-deydi Rossiya harbiy fanlar akademiyasi muxbir a’zosi Vladimir Kozin. Va u Lyublyansk qo‘shinlaridagi mojarodan so‘ng Polsha “Patriotlar” bilan qurollanganini eslatib o‘tdi.
Albatta, kuchaytirish ahamiyatli. Ammo muammolar ham bor. Asosiy muammo-narx. Hatto anchayin eski PAC-2 lar batareyalari milliard dollar, har bir raketasi million dollar turadi.
Bu 2017-yilllardanoq Amerika OAV larida juda ko‘p muhokama qilingan. AQSh armiyasi assosiatsiyasi syezdida general Devid Perkins “eng yaqin ittifoqchilardan biri” ushbu qurilmalardan foydalanayotgani haqida so‘zlab bergan edi.
“Ular Amazonda 200 dollarga sotiladigan kvadrokopterni urib tushirishdi. Albatta, dron “Patriot” va uning uch millionlik raketasiga qarshi hech qanday imkoniyatga ega emas edi. <…> Lekin bu iqtisodiy nuqtayi nazardan oqilona ekanligiga ishonchim komil emas”, - deydi g‘azablangan ofitser.
© © Foto : U.S. Army / Eugen WarkentinAmerikanskie zenitnie raketnie kompleksi Patriot
Amerikanskie zenitnie raketnie kompleksi Patriot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Amerikanskie zenitnie raketnie kompleksi Patriot

Qo‘shimcha qiyinchiliklar

Iste’fodagi general Mark Xertlingning aytishicha, Patriot personalni juda ko‘p muddatda tayyorlanishini talab qiladi.
“Agar uzoq muddatli maxfiy mashg‘ulotlar bo‘lmaganda, ZRK lari hamon jang maydonida bo‘lmaydi. Buning uchun oylar kerak bo‘ladi”, deb yozadi u o‘z Tvitterida.
Shuningdek, u OAV larning ushbu kompleksni boshqarish uchun uch nafar harbiy yetarli bo‘lishi haqidagi yolg‘onlarini fosh etdi.
“Uch kishi boshqaruv pulti oldida o‘tirishi kerak, - deya aniqlik kiritadi harbiy – hammasi yaxshi uddalanishi uchun havo hujumiga qarshi mudofaada yaxshi tahsil olgan o‘nlab mutaxassislar kerak”.

Front uchun oqibatlari

Ekspertlarning aytishlaricha Amerika komplekslari Ukrainaning alohida obyektlarini himoya qilishga qodir. Biroq, Kiyev istayotgandek, osmonni to‘liq yopish imkonsiz.
“Biz gapirayotgan komplekslar soniga asoslanib, bu ko‘proq G‘arbning qat’iyatini namoyish etishga qaratilgan siyosiy harakat ekanligini aytish mumkin”, - deydi Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, geosiyosat bo‘yicha ekspert Konstantin Sokolov.
Qolaversa, texnik parametrlarga ko‘ra, Amerikaning zenit raketa komplekslari S-300 ga juda yaqin. “Bizning qo‘shinlarimiz esa bunday tizimlarga qarshi qanday kurashishni biladi”, - deya qo‘shimcha qiladi u.
Nozik jihatlari va texnik parametrlari haqida amaliyotda bilib olish mumkin bo‘ladi. Shunga o‘xshash holatlar bor : Rossiyaning havo hujumiga qarshi tizimlari Kiyevda “g‘alaba quroli” deb nomlanadigan va maqtalgan HIMARS ga ham moslasha olgan edi.
Yangiliklar lentasi
0