Rossiya va Kuvaytdan uchgan samolyotlar Namanganga qo‘na olmadi

© AO “Uzbekistan Airports”Mejdunarodniy aeroport Namangan
Mejdunarodniy aeroport Namangan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
Noqulay ob-havo sababli samolyotlar Toshkent aeroportiga yo‘naltirildi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Namangan xalqaro aeroportida qalin tuman tufayli ko‘rinishning pasayib ketishi (50 m) reyslarni qabul qilish va jo‘natishini cheklab qo‘ydi. Shu sababli, ikkita reys muqobil aerodromlarga jo‘natildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ xabar berdi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Ufa-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9958 reysi mahalliy vaqt bilan soat 07:15 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Shuningdek, Jazeera Airways aviakompaniyasining J9645 reysi (Kuvayt — Namangan) ham poytaxt aeroportiga yo‘naltirildi.
Ko‘rinishning pastligi "Red Wings" WZ1127 (Yekaterinburg-Namangan) reysi kutish zonasiga yuborilishiga sabab bo‘ldi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da belgilangan aeroportga qo‘nishi kerak edi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9825 (Namangan-Sochi) va HY9823 (Namangan-Ufa), shuningdek, Flydubai FZ781 (Dubay-Namangan) reyslari Namangan xalqaro aeroportida ob-havo yaxshilanguniga qadar kechiktirildi.
Yangiliklar lentasi
0