Yangi yil munosabati bilan qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAfrosiab
Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
Yangi yil munosabati bilan qo‘yilgan qo‘shimcha qatnovlar jadvali ma’lum qilindi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. “Toshkent — Samarqand — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida “Toshkent — Samarqand — Toshkent” yo‘nalishida 2022-yilning 26-dekabr kunidan va 2023-yilning 8-yanvar kunigacha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 14 ta qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Qo‘shimcha qatnovlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi: Samarqand 11:06 — Toshkent 13:16;
768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi: Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Avvalroq Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida “Toshkent – Termiz – Toshkent” va “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0