Ruslan Nurudinov mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi Ruslan Nurudinov
Ruslan Nurudinov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
Ruslan Nurudinov ikki bor jahon chempionligiga erishgan birinchi o‘zbek og‘ir atletikachisiga aylandi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Ruslan Nurudinov dunyo birinchiligida -109 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ruslan Nurudinov ikki bor jahon chempionligiga erishgan birinchi o‘zbek og‘ir atletikachisiga aylandi.
Nurudinov dast ko‘tarish mashqida 177 kg, siltab ko‘tarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan ushbu vazn toifasida tengsiz ekanini ko‘rsatib, 3 yo‘nalishda oltin medallarga egalik qildi.
Bu uning faoliyatida dunyo birinchiligidagi ikkinchi chempionlik. U eng yaqin ta’qibchisini 8 kgga ortda qoldirishga erishdi.
Yangiliklar lentasi
0