Sud ekspertlari faoliyati baholab boriladi – yangi qaror

© Depositphotos.com / Elnur AmikishiyevYurist obsujdayet s kliyentom sudebnoe delo
Yurist obsujdayet s kliyentom sudebnoe delo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori bilan Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Endilikda sud ekspertlari faoliyati baholab boriladi. Bu bo‘yicha Hukumatning 705-sonli qarori bilan Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom sud ekspertlarini reyting tizimida baholash va baholash mezonlari, reyting natijalari bo‘yicha sud ekspertlarini rag‘batlantirish, rag‘batlantirishni kamaytirish yoki bekor qilish yoki intizomiy jazo qo‘llash, shuningdek reyting ko‘rsatkichlari yuqori sud ekspertlarining ishini ommalashtirishni belgilaydi.
Qaror bilan Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatiga oid nizom ham tasdiqlandi.
Davlat sud-ekspertiza muassasalariga ularning budjetdan tashqari jamg‘armalaridan 50 foizgacha qismini xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirsh uchun sarflashga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Adliya vazirligi yangi tahrirdagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygandi.
Yangiliklar lentasi
0