Futbol: Argentina yangi jahon chempioni

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishKubok chempionata mira po futbolu, arxivnoe foto
Kubok chempionata mira po futbolu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
Obuna bo‘lish
Qatarda Fransiya jahon chempioni unvonini himoya qilish uchun Argentinaga qarshi maydonga tushdi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bahsi Argentina va Fransiya milliy jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tish

Argentina jamoasi futbolchilari

Argentina jamoasi futbolchilari - Sputnik O‘zbekiston
1/2

Argentina jamoasi futbolchilari

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tish

Fransiya jamoasi futbolchilari

Fransiya jamoasi futbolchilari - Sputnik O‘zbekiston
2/2

Fransiya jamoasi futbolchilari

1/2

Argentina jamoasi futbolchilari

2/2

Fransiya jamoasi futbolchilari

Argentinaliklar o‘yinning 23 daqiqasiga kelib hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Lionel Messi belgilangan penaltini aniq amalga oshira oldi.
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishLionel Messi
Lionel Messi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
Lionel Messi
36 daqiqada Anxel Di Mariya hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishFutbol. ChM-2022. Finalniy match
Futbol. ChM-2022. Finalniy match - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
Futbol. ChM-2022. Finalniy match
Ikkinchi bo‘limning 79 daqiqasida Argentina darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Kilian Mbappe uni golga aylantirdi va oradagi farqni qisqartirdi. Oradan bir zum o‘tmay Mbappe dubl qayd etdi. Natijada hisob 2:2 bo‘ldi. Bu bilan fransiyaliklarning so‘nayotgan umidi qayta porladi.
© Sputnik / Grigoriy SisoyevKilian Mbappe
Kilian Mbappe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
Kilian Mbappe
Hakam o‘yinga 8 daqiqa qo‘shib berdi. Bahs durang bilan yakunlandi. Shu bois g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha 30 daqiqa tayinlandi.
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishLionel Messi i Kilian Mbappe
Lionel Messi i Kilian Mbappe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
Lionel Messi i Kilian Mbappe
108 daqiqada Messi Argentinani oldinga olib chiqdi. 116 daqiqada Argentina darvozasiga yana penalti tayinlandi. Mbappe uni osonlik bilan golga aylantirdi va jahon chempionatida xet trik muallifi bo‘ldi. Qo‘shimcha vaqtda hisob 3:3 bo‘lgani uchun navbat penaltilar seriyasiga keldi va unda Argentina ustun keldi.
Argentina jahon kubogini bunga qadar 1978 va 1986-yilda qo‘lga kiritgan edi. Bu g‘alaba bilan argentinaliklar uch karra jahon chempioni bo‘lishdi.
Yangiliklar lentasi
0