Rossiya O‘zbekiston eksportida eng yuqori ulushga ega bo‘lishda davom etmoqda

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Rossiya 2,8 mlrd dollarlik ko‘rsatgich bilan yetakchilik qilmoqda.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega hamkor davlatlar TOP-10 taligida Rossiya yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Rossiya 2,8 mlrd dollarlik ko‘rsatgich bilan yetakchilik qilmoqda.
Yuqori ulushga ega hamkor davlatlar TOP-10 taligi:
Rossiya – 2,8 mlrd dollar;
Xitoy – 2,4 mlrd dollar;
Turkiya – 1,4 mlrd dollar;
Qozog‘iston – 1,3 mlrd dollar;
Qirg‘izsizton – 866 mln dollar;
Afg‘oniston – 665 mln dollar;
Tojikiston – 463 mln dollar;
Kanada – 212 mln dollar;
Turkmaniston – 184 mln dollar;
Eron – 130 mln dollar.
Eslatib o‘tamiz, yanvar-oktabr oylarida ham Rossiya, Xitoy va Turkiya yetakchililar qatorida bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi 5-yil ichida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 170 foizga o‘sgan. Joriy yilning 10 oyida o‘sish 30 foizni tashkil etdi. Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalarining umumiy hajmi 13 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi.
Joriy yilning 10 oyi davomida mamlakatda Rossiya investitsiyalari ishtirokida 700 ta yangi korxona tashkil etilgan. O‘zbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha Rossiya yetakchi.
Ayni paytda O‘zbekistonda Rossiya kompaniyalari bilan birgalikda neft-kimyo, energetika, kon metallurgiya, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida qiymati 20 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 200 ga yaqin loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0