Elektromobillar va gibrid avtomobillar 2030-yilgacha bojdan ozod etiladi

© Pixabay / GoranHZaradnaya stansiya Nissan Leaf
Zaradnaya stansiya Nissan Leaf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2030-yilga qadar elektromobillar va gibrid avtomobillar bojdan ozod etiladi. Shuningdek ularning xaridorlariga imtiyozli kreditlar beriladi.
TOShKENT, 19 dek - Spurtnik. Elektromobillar va gibrid avtomobillar 2030-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi. Bu haqida 443 sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlar hamda ichki yonuv dvigateli va tashqi elektr manbai orqali zaradlanuvchi elektr motori yordamida harakatlanuvchi transportlarni sanoat usulida ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi.
Xususan, 2030-yil 1-yanvargacha:
respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar utilizatsiya yig‘imidan ozod etiladi;
xorijdan olib kelinadigan elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari, xomashyo va materiallar, uskunalar va texnologik jihozlarni, shu jumladan servis xizmati ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod etiladi;
respublikada ishlab chiqarilgan va ichki bozorda sotilgan, elektromobil va gibrid avtomobillarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan BHMning 1200 baravaridan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kredit muddatining dastlabki 36 oyi davomida kompensatsiya to‘lanadi.
Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchilar 2030-yil 1-yanvargacha litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
2023 yil 31-yanvargacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshida Elektromobillar va ularning infratuzilmasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0