JB O‘zbekistonga strategik islohotlarni amalga oshirishda yordam beradi

© AFP / Daniel SLIM Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone
Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Obuna bo‘lish
Xalqaro moliya tashkiloti O‘zbekistonga yana qariyb 1 mlrd dollar mablag‘ ajratishni ma’qulladi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Jahon banki (JB) rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiya (dunyoning turli mamlakatlaridagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlovchi bankning maxsus moliyaviy vositasi) doirasida O‘zbekistonga mablag‘ ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bankning Toshkentdagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
JB ko‘magi O‘zbekiston hukumatiga 470 million dollar miqdoridagi imtiyozli kreditlar va 480 million dollar miqdoridagi past foizli kreditlarni o‘z ichiga olgan moliyaviy paket shaklida taqdim etiladi.
Bu mablag‘lar xususiy sektorga yo‘naltirilgan inklyuziv iqtisodiyotni shakllantirish, bozor institutlarini rivojlantirish va barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan strategik islohotlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskurakovaning so‘zlariga ko‘ra, jahon, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi og‘ir vaziyatga qaramay, O‘zbekiston islohotlarga qat’iy sodiqligini namoyish etmoqda.
“Jahon bankining joriy operatsiyasi O‘zbekistonga 2017-yildan beri inklyuziv bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun ko‘rsatgan keng ko‘lamli moliyaviy va texnik yordamimizga asoslanadi. Jahon bankining mamlakat bilan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturi O‘zbekistonning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor islohotlarni amalga oshirishga xizmat qiladi”, - deydi u.
2022 yil 16-dekabr holatiga JBning O‘zbekistondagi dasturi 27 ta loyihani o‘z ichiga oladi.
Yangiliklar lentasi
0