Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Yosh bola qancha shirinlik iste’mol qilishi mumkin - JSST tavsiyalari

© © Pexels/Pixabaykonfeta
konfeta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Obuna bo‘lish
Bola necha yoshdan boshlab shirinlik iste’mol qilishi mumkin? Bir kunlik meyor qancha bo‘lishi kerak? JSST tavsiyalari.
Bolalar shifokori Ismail Osmanovning fikricha, bolalarda meyordan ortiq shirinlik iste’mol qilishi oziq-ovqatlarga allergiya, ovqat hazm qilinishda buzilishlar, qorinda og‘riq, ich qotishi, ko‘ngil aynishiga olib kelishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yosh bolalar uchun quyidagi miqdorda shirinlik iste’mol qilishni tavsiya etadi:
4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga shakar, shirinlik iste’mol qilish mumkin emas,
4-6 yoshdagi bola uchun sutkalik shakar miqdori 19 gramm yoki 4 choy qoshiqdan oshmasligi kerak,
7-10 yoshli bolalarga - 24 gramm yoki 5 choy qoshiq meyor hisoblanadi,
11 yoshdan oshgan bolalar uchun 6 choy qoshiq shakar salomatlik uchun xavfsiz.
Agar bitta konfeta o‘rtacha 13-15 gramm bo‘lsa, shundan 8-12 grammi shakarga to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0