“Bu tubsiz jarlik”. NATO Ukrainada qanday muammoga duch keldi

© © AP Photo / LibkosUkrainskie voyennie vedut ogon
Ukrainskie voyennie vedut ogon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb qurollari cheksiz oqimlar bilan Ukrainaga deyarli to‘qqiz oydan buyon yetkazib berilmoqda. NATO mamlakatlari ko‘p va yana ko‘p harbiy “temir-tersak” jo‘natapti. Biroq Yevropa va AQShda yordam berishning samarasi haqida shubhalar ko‘paydi
NATO Ukrainaga qurollar yetkazib berish borasida yanada ko‘proq muammolarga duch kelmoqda. Kiyevni qurollarga to‘ldirib yuborgan G‘arbning ko‘plab mamlakatlari artilleriya qurol-yarog‘i taqchilligiga yuz tutmoqda. Bo‘lajak “snarad ocharchiligi” haqida batafsil – RIA Novostida.
Taqchil material
G‘arb qurollari cheksiz oqimlar bilan Ukrainaga deyarli to‘qqiz oydan buyon yetkazib berilmoqda. NATO mamlakatlari ko‘p va yana ko‘p harbiy “temir-tersak” jo‘natapti. Biroq Yevropa va AQShda yordam berishning samarasi haqida shubhalar ko‘paydi.
Birlashgan havo kuchlariga pul tikish haqida qo‘rqinchli hazil: Brussel va Pentagon, ma’lum bo‘lishicha, artilleriya va bronetexnikadan foydalanilgan yopirilma hujumni rejalashtirmagan.
Siyosatchilar va harbiylarni Ukraina tomonining qurollardan juda ko‘p foydalanishlari xavotirga solgan. G‘arb ta’minotining katta qismi- bu NATOda eng keng tarqalgan 155 millimetrlik kalibrli artilleriyadir. Kiyev yuzlab Amerikaning shatakka olinadigan M777 gaubitsalari, Fransiyaning SAU Caesar, Germaniyaning PzH 2000 o‘ziyurarlari, Shvetsiyaning Archer tizimlarini qabul qilib olgan. Bularning barchasidan frontda faol foydalanishmoqda. Bu esa texnikani charchatishga olib keladi, qolaversa, muntazam va uzilmas snaradlar yetkazib berishini talab qiladi. Biroq NATO zaxirasi cheksiz emas.
Birinchilardan bo‘lib nemislar xavotir bildirishdi. Die Welt gazetasi stvol artilleriya uchun snardalar eng ko‘pi bilan bir necha kun muntazam harbiy harakatlarga yetishini hisoblab chiqdi. Yo‘qotishlarning o‘rnini tezda to‘ldirish imkonsiz: mudofaa sanoati 155 millimetrlik o‘q-dorilarning ommaviy ishlab chiqarilishiga mo‘ljallanmagan.
© © RIA Novosti / Mixail VoskresenskiyGilzi ot snaradov v razrushennom ukreprayone ukrainskix silovikov na okraine goroda Debalsevo
Gilzi ot snaradov v razrushennom ukreprayone ukrainskix silovikov na okraine goroda Debalsevo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Gilzi ot snaradov v razrushennom ukreprayone ukrainskix silovikov na okraine goroda Debalsevo
Vaziyat xomashyo yetishmasligi bilan yanada ko‘chaymoqda. Germaniya ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan paxta lintini Xitoydan oladi. Xitoy esa noma’lum sabablarga ko‘ra, navbatdagi partiyani yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ydi. Bundan tashqari, bundesver so‘nggi oylarda ushbu materialga buyurtmalar bajarish uch barovarga oshganini tan oldi.
Muammoni hal qilishga vositalar yetishmasligi ham halal bermoqda. Dekabr oyida Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner mudofaa vaziri Kristina Lambrextning o‘q-dorilar uchun pul ajratish haqidagi so‘roviga rad javobini berdi. Rasmiy sabab – “murakkab burokratik jarayonlar”.
Ishlab chiqarishni ko‘paytirish
Amerikaliklar Kiyevga 155 mmlik snaradlardan millionda ortiq yetkazib bergan. Pengatonning armiya omborlari sezilarli darajada kamayib qolgan. Natijada Kiyevga M777 gaubitsalari uchun atigi 21 mingta o‘q-dori jo‘natishdi xolos, garchi yoz faslida 75 mingdan 120 mingtagacha jo‘natishgan bo‘lishsada.
“Bayden ma’muriyati harakatlari milliy xavfsizlikning ikki jiddiy muammolarini yuzaga chiqardi: o‘q-dorilarning yetarli darajada emasligi va muhim mahsulotlar ishlab chiqarishning tez o‘sishi tufayli harbiy-sanoat kompleksi duch kelgan qiyinchiliklar, - yozmoqda Amerikaning The National Interest.-Afsuski, soha o‘n yillab yetarli darajada moliyalashtirilmagan. Va bu taqchillikka olib keldi”.
Avvalroq, The Wall Street Journal gazetasi UQK uchun Janubiy Koreyadan – qariyb 100 mingta snaradlar sotib olinishini aytgan edi. Vashingtonda bu vaqtinchalik variant ekanligini yaxshi tushunishadi: Shimoliy Koreyadan kelayotgan artilleriya tahdidini bartaraf etish uchun Seulning o‘ziga o‘q-dorilar kerak.
AQSh vaziyatni tezda o‘nglashga harakat qilmoqda. Yaqinda Pentagon 155 millimetrlik kalibrlarga ikkita davlat buyurtmasi berdi. Yangi ishlab chiqarish liniyalari Texas va Oxayoda ochiladi.
© © Foto : U.S. Army photo by Sgt. 1st Class Mikki L. SprenkleFransuzskaya samoxodnaya artilleriyskaya ustanovka Caesar
Fransuzskaya samoxodnaya artilleriyskaya ustanovka Caesar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Fransuzskaya samoxodnaya artilleriyskaya ustanovka Caesar
Amerika armiyasiga bahorga kelib bir oyga 20 mingta, 2025-yilga- 40 minggacha snarad yetkazib berilishini va’da qilishmoqda. Kuniga o‘n mingtalab NATO snaradlaridan foydalanadigan UQK ga bu qanchalik yordam berishi noma’lum. Rossiya artilleriyasi harbiy tutashuv liniyalarida o‘rtacha uch barobar kamroq ishlatadi.
Yondashuvlarni qayta qo‘rib chiqish
Zaxiralarning tugab borayotgani haqida Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniyada ham ma’lum qilindi. Qolaversa, The Guardian gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, tez kunlarda Kiyevga yuz minglab artilleriya o‘q-dorilarini 250 million funtlik shartnomaga muvofiq yetkazib beradi.
Shuningdek, raketa tizimlari va zenit qurollari jo‘natiladi. Bir vaqtning o‘zida bosh vazir Rishi Sunak amaldorlarga Ukraina mojarosining jarayonlari va unda Britaniyaning yordamingi baholash vazifasini yukladi. Boshqacha aytganda, UQK uchun ketgan mablahlarni nazorat qilishga kirishgan.
“Umumiy trend o‘zgarib bormoqda, chunki boshqa qurollar ta’minoti ham cheksiz emas, - MGIMOning harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Aleksey Podberezkin. – Bitta snard ming dollar turadi. Va ular ishlab chiqarishga qaraganda tez tugayi. Aytaylik artilleriya divizioni uchun qurollar ikki – uch haftagacha yetishi mumkin. Ularning ishlab chiqarishning o‘rtacha sikli esa- tahminan bir yil”.
NATO dagi taqchillik sharoitida 155 millimetrlik gaubitsalar o‘rniga 105 millimetrliklarini yuborishga qaror qilindi. 1950-yillarda ishlab chiqarilgan ushbu yengil qurollar zamonaviy pushkalardan ortda qoladi. Uzoqligi- 10 kilometrdan ko‘p emas. Bu shuni anglatadiki, Ukraina Qurolli Kuchlarining artilleriya ekipajlari to‘qnashuv chizig‘iga - zich javob o‘qlari ostida juda yaqinlashishi kerak.
© © Ofitsialniy Telegram-kanal Narodnoy militsii LNRPodrazdeleniyami NM LNR v xode boyevix deystviy dobita v kachestve trofeya pervaya artilleriyskaya ustanovka M777. Kadr video
Podrazdeleniyami NM LNR v xode boyevix deystviy dobita v kachestve trofeya pervaya artilleriyskaya ustanovka M777. Kadr video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Podrazdeleniyami NM LNR v xode boyevix deystviy dobita v kachestve trofeya pervaya artilleriyskaya ustanovka M777. Kadr video
Albatta, tahlilchilarning fikrlariga ko‘ra, agar NATO chindan ham o‘z mudofaasi haqida qayg‘ursa, o‘q-dorilar borasida muammolar bo‘lmaydi. Ammo buning uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0