Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro turnirda chempion bo‘ldi

© Foto: Federatsiya shaxmat UzbekistanaNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik shaxmatchi Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rapid yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Abdusattorov Ozarbayjonning Boku shahrida grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda chempion bo‘ldi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishi bo‘yicha 14 ochko bilan xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi. Natijalar:
1-tur: Nodirbek Abdusattorov – Valexo 1:0
2-tur: Suleymanli – Nodirbek Abdusattorov 0:1
3-tur: Nodirbek Abdusattorov – Mamedyarov 1:0
4-tur: Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) — Nodirbek Abdusattorov — 0,5:0,5
5-tur: Nodirbek Abdusattorov — Vang Xao (Xitoy) — 0,5 : 0,5
6-tur: Sem Shenklend (AQSh) — Nodirbek Abdusattorov 0:1
7-tur: Nodirbek Abdusattorov — Rauf Mamedov (Ozarbayjon) 1:0
8-tur: Nodirbek Abdusattorov — Richard Papport (Ruminiya) 0,5:0,5
9-tur: Gukesh (Hindiston) — Nodirbek Abdusattorov 0,5:0,5
Turnir jadvalining yakuniy natijasiga ko‘ra, Abdusattorov 14 ochko bilan 1-o‘rin, Rauf Mamedov 12 bilan 2-o‘rin, Valexo Pons esa 10 ochko bilan 3-o‘rinni band qilgan.
Bugun shaxmatchilar blis yo‘nalishida musobaqani boshlashadi.
Yangiliklar lentasi
0