Rossiya va Hindiston o‘zaro savdoda dollar va yevrodan uzoqlashmoqda – TIV

© PixabayDollar i yevro
Dollar i yevro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Diplomatning aytishicha, savdo operatsiyalarida qolgan nomutanosiblik masalasini to‘liq hal qilish zarur.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya va Hindiston o‘zaro savdoda dollar va yevrodan tubdan uzoqlashmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Rossiya TIV ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qildi.
“Biz dollar va yevrodan tubdan uzoqlashapmiz, milliy valyutalarga o‘tishimiz kerak”, dedi u.
Biroq, diplomatning qo‘shimcha qilishicha, to‘laqonli o‘tish uchun savdo operatsiyalarida qolgan nomutanosiblik masalasini to‘liq hal qilish zarur.
“Hindiston hali ham bizdan sotganidan ko‘ra ko‘proq sotib oladi, besh baravar ko‘p. Mutaxassislar bu borada ishlamoqda, oqilona murosa izlamoqda. Lekin o‘tish kerak”, dedi Kabulov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin VII Sharqiy iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida mamlakatlarning dollar, yevro, funt sterlingga bo‘lgan ishonchi asta-sekin yo‘qolayotgani va bu valyutalardan foydalanishdan voz kechishayotgani haqida gapirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0