Toshkentdagi avtobuslarga qoidabuzarlikni qayd etuvchi videoregistratorlar o‘rnatiladi

© Samarqand viloyati hokimligiVideoregistratorlar
Videoregistratorlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Jamoat transporti uchun mo‘ljallangan yo‘laklardan foydalangan va o‘z avtomobilini bekatlarga qoidaga zid ravishda qoldirib ketgan haydovchilarga chora ko‘rish bo‘yicha yangi tizim ishga tushadi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Tez orada Toshkentdagi avtobuslarga qoidabuzarlikni qayd etuvchi videoregistratorlar o‘rnatiladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yo‘l-harakat xavfsizligi boshqarma boshlig‘i Fazliddin Toshkenboyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jamoat transporti uchun mo‘ljallangan yo‘laklardan foydalangan va o‘z avtomobilini bekatlarga qoidaga zid ravishda qoldirib ketgan haydovchilarga chora ko‘rish bo‘yicha yangi tizim ishga tushadi.
"Avtomobillarning yo‘l yoqalariga tartibsiz qoldirib ketish holatlari juda ko‘p. Buning oldini olish maqsadida jamoat transportlariga videoregistratorlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu orqali inson omilini cheklagan holda qoidabuzarlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash yo‘lga qo‘yiladi", deydi Toshkentboyev.
Qayd etilishicha, jamoat transporti haydovchilarining yo‘l qoidalariga amal qilmasliklari holatlari ham nazorat qilinadi. Hozirda avtobus haydovchilarining bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ular bilan alohida suhbatlar, tushuntirishlar va ekspress kurslar tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, 200dan ortiq haydovchilar bilan qisqa muddatli o‘quvlar o‘tkazilmoqda. O‘quvlardan so‘ng ular maxsus sinovdan o‘tkaziladi va shartnoma imzolanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqanddagi aksariyat avtobuslarga videoregistrator uskunalari o‘rnatilgan edi. Ular yo‘llardagi qoidabuzarliklar videosini tizimga joylashtiradi.
Ta’kidlanishicha, yo‘l harakati qoidalarini buzayotganlarga chora ko‘rish, bunda jamoat transporti haydovchilarini rag‘batlantirish bilan bog‘liq bu usul ijobiy natija bermoqda.
Yangiliklar lentasi
0