Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda avtobus yo‘lakchalari tashkil etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu yo‘lakchalarda avtobuslardan tashqari faqatgina tez yordam, yong‘in xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanishi mumkin - tafsilotlar.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Toshkentda 475 kmga yaqin 34ta alohida avtobus yo‘lakchalari tashkil etiladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yo‘l-harakat xavfsizligi boshqarma boshlig‘i Fazliddin Toshkenboyev ma’lum qildi.
Hozirgi kunda Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab 475 kmga yaqin 34ta alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish rejalashtirilgan.
“Rejaga ko‘ra, yaqin bir hafta ichida asosiy — Alisher Navoiy, Beruniy, Amir Temur va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari bo‘ylab yo‘lakchalar tashkil etiladi. Qolgan ko‘chalarda esa 1-2 oy ichida to‘liq tashkil etiladi", deydi Toshkenboyev.
Qayd etilishicha, poytaxtda avtobuslar uchun chizilayotgan yo‘lakchalar jamoat transportlarining tirbandlikda qolmasligi uchun zarur.
Ushbu yo‘lakchalarda avtobuslardan tashqari faqatgina tez yordam, yong‘in xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanishi mumkin. Qolgan avtotransport vositalariga esa harakatlanish taqiqlanadi va bu tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.
“Ammo har qanday avtomobilga ma’lum sababga ko‘ra, masalan, yo‘l yoqasidagi obyektlarga yoki ko‘chaga kirish uchun ushbu yo‘lakda foydalanishga ruxsat etiladi. Buning uchun yo‘lakchalarda uziq chiziqlar mavjud bo‘lib, taxminan 40-50 metr masofa belgilanadi”, deydi u.
Ko‘cha yoki obyekt boshlangan joyda ushbu uziq chiziqlarning ta’sir doirasi tugaydi va avtomobillar avtobuslar uchun mo‘ljallangan yo‘lakchani bo‘shatib qo‘yishlari talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0