Mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
2023 yilning 8 va 9-yanvar kunlari mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha parvozlar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Uzbekistan Airways Termiz, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 8 va 9-yanvar kunlari mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha parvozlar amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvali quyidagicha:
“Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha (8 yanvar):
Toshkentdan uchib ketish 07:15
Termizga yetib borish 08:35
Termizdan uchib ketish 09:35
Toshkentga yetib borish 10:45
“Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha (8 yanvar):
Toshkentdan uchib ketish 14:40
Buxoroga yetib borish 15:50
Buxorodan uchib ketish 16:40
Toshkentga yetib borish 17:40
“Toshkent – Urganch – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha (8 yanvar):
Toshkentdan uchib ketish 19:20
Urganchga yetib borish 20:50
Urganchdan uchib ketish 21:40
Toshkentga yetib borish 23:00
“Toshkent – Nukus – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha (9 yanvar):
Toshkentdan uchib ketish 20:00
Nukusga yetib borish 21:40
Nukusdan uchib ketish 22:30
Toshkentga yetib borish 23:50
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airports direktori Ra’no Jo‘rayeva O‘zbekistonda ichki reyslar uchun 6 ta kichik aeroport tashkil etilishi va ular orqali sayyohlarni O‘zbekistonning boshqa diqqatga sazovor joylari va ziyoratgohlariga yetkazish rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi.
Ushbu kichik aeroportlarning ba’zilari noldan, boshqalari - mavjudlari asosida quriladi. Bular Shahrisabz, Mo‘ynoq, Saraosiyo, Jizzax, Zarafshon va So‘x aeroportlaridir.
2023-2024 yillarda Urganch va Buxoro shaharlarida yangi aeroportlarni foydalanishga topshiriladi. Buning uchun 2023-yilda mazkur aeroportlarni qurish bo‘yicha xususiy sheriklarni tanlash bo‘yicha tenderlar o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0