Ostonada Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlisher Navoi vozvishayetsya nad aleyey
Alisher Navoi vozvishayetsya nad aleyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Qozog‘istonning Ostona shahrida Alisher Navoiyning haykali o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari ishtirokidagi kengaytirilgan muzokaralarda ma’lum qilindi, deya xabar berdi O‘zA.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan muzokaralarni davom ettirgan.
Muzokaralar chog‘ida Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

“Bu umumiy tariximiz va madaniyatimizga katta ehtiromning yorqin tasdig‘i, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari abadiyligi ramzidir", - deydi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0