Andijonda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi - FVV

© Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiMChS
MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Andijonda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha soat 19:15 da Andijon shahar, S.Abdullayev 5-tor ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Andijon shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:19 da yetib borib, yong‘in soat 19:23 da qurshab olingan va 19:32 da o‘chirilgan.
Hodisa natijasida uyning tahminan 70 kv.m. maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari yongan.
Yong‘inni bartaraf etish jarayonida 3 nafar fuqaroning kuygan holdagi jasadi topilgan. Shuningndek hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va prokuratura xodimlari yetib borgan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0