FIFA JCh finalidan so‘ng maydonga begona shaxslar kiritilgani uchun chora ko‘radi

© sosseti Nusreta GekcheNusret Gekche s kubkom mira
Nusret Gekche s kubkom mira - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
FIFA tantanali marosim tugagandan so‘ng alohida shaxslarga maydonga ruxsatsiz kirish huquqi berilganligini aniqladi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalidan keyin maydonga begonalar tushganidan keyin chora ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti jurnalist Tariq Panjaga tayanib, xabar berdi.
Qatardagi turnir finalida Argentina terma jamoasi Fransiya ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng maydonda turkiyalik oshpaz Nusret Go‘kche ko‘rinish berdi va jahon kubogi bilan suratga tushdi. Oshpazning xatti-harakati ijtimoiy tarmoqlarda rezonans keltirib chiqardi.

“Tekshiruv natijalariga ko‘ra, FIFA tantanali marosim tugagandan so‘ng alohida shaxslarga maydonga ruxsatsiz kirish huquqi berilganligini aniqladi. Ichki choralar ko‘riladi”, - deyiladi tashkilot bayonotida.

FIFA qoidalariga ko‘ra, kubokni faqat turli yillardagi jahon chempionatlari g‘oliblari, shuningdek, davlat rahbarlari va tashkilot prezidenti qo‘llarida ushlab turishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0