Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Surunkali charchoq bilan qanday kurashish mumkin - mutaxassis tavsiyasi

© Depositphotos.com / ZzdimUstavshiy mujchina pered kompyuterom
Ustavshiy mujchina pered kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2022
Obuna bo‘lish
Mutaxassis surunkali charchoqdan qanday xalos bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berdi
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, muntazam piyoda sayr qilish, organizmni vitaminlar bilan to‘yintirish surunkali charchoqdan xalos bo‘lishga yordam beradi, deydi parhezshunos Eli Brexer
Quvvatni oshirish uchun Brexer har kuni toza havoda sayr qilishni tavsiya qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar juda kam hollarda ko‘chaga, toza havoga chiqishadi. Shu sababli organizmda D vitamini yetishmasligi kuzatiladi. Sayrdan tashqari, ratsionga tuxum sarig‘i, qo‘ziqorin, losos balig‘ini kiritish lozim.
Surunkali charchoqqa sabab bo‘luvchi omillardan biri jismoniy faoliyatning kamligi va buning ortidan kelgan ortiqcha vazn. Salbiy oqibatlaridan xalos bo‘lish uchun tez pishar taomlar (fastfud)dan, yarimfabrikatlardan xalos bo‘lish kerak. Jismoniy mashqlar, eskalator va liftlardan voz kechish organizmni energiyaga to‘ldirishi mumkin.

Parhezshunosning so‘zlariga ko‘ra, inson V12 vitamini va magniy yetishmovchiligida ham charchoqni his qiladi. Ratsionni to‘g‘ri tuzib ushbu vitaminlar yetishmovchiligini to‘ldirish mumkin. Xususan, vitaminlar Braziliya yong‘og‘i, qovoq urug‘i, bodom, keshyu, avokado va qora shokolad tarkibida ko‘p. V12 vitamini parranda, baliq go‘shtlari, tuxum va boshqa hayvon mahsulotlarida ko‘p.

Yangiliklar lentasi
0