“Mo‘’jizalar davri”: Toshkentda bolalar uchun xayriya yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

© SputnikV Tashkente startovala blagotvoritelnaya yarmarka dlya detey "Vremya chudes".
V Tashkente startovala blagotvoritelnaya yarmarka dlya detey Vremya chudes.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2022
Obuna bo‘lish
Yarmarkada imkoniyati cheklangan va og‘ir turmush sharoitida yashovchi bolalar yasagan 2000 dan ortiq ijod namunalari namoyish etildi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida bolalar uchun xayriya yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda imkoniyati cheklangan iqtidorli bolalar o‘zlarining qo‘l mehnati ishlanmalarini namoyish etishdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
© SputnikV Tashkente startovala blagotvoritelnaya yarmarka dlya detey "Vremya chudes".
V Tashkente startovala blagotvoritelnaya yarmarka dlya detey Vremya chudes.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2022
V Tashkente startovala blagotvoritelnaya yarmarka dlya detey "Vremya chudes".
“Mazkur tadbir orqali biz imkoniyati cheklangan bolalarning atrofga yanada boshqacha ko‘z bilan qarashga, o‘z qobiliyati orqali imkoniyatlarini namoyon etishga o‘rgatamiz. O‘zbekistonda ham inklyuziv yo‘nalishga e’tibor berilayotgani va kundan kunga bu yo‘nalish rivojlanib borayotganini ta’kidlash o‘rinli. Bu yilgi tadbirimizda Rossiya, MDH davlatlarining qatnashayotgani meni judayam quvontirdi”, - dedi O‘zbekiston volontorlar assotsiatsiyasi rahbari Shirin Abidova.
© SputnikV Tashkente startovala blagotvoritelnaya yarmarka dlya detey "Vremya chudes".
V Tashkente startovala blagotvoritelnaya yarmarka dlya detey Vremya chudes.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2022
V Tashkente startovala blagotvoritelnaya yarmarka dlya detey "Vremya chudes".
“Mo‘’jizalar davri” Markaziy Osiyodagi yagona platforma bo‘lib, u nogironligi bor yoshlarni kasbga yo‘naltiradi va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlaydi.
Ma’lumot uchun, xayriya yarmarkasi 2003-yildan buyon har yili ko‘ngillilar tashabbuskor guruhi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. 2020-yilda O‘zbekiston ko‘ngillilar uyushmasi tashkil etilishi bilan yana davom ettirildi. Bugungi kunga qadar "Mo‘’jizalar davri" loyihasi 4500 dan ortiq ko‘ngillilarni birlashtirgan.
Yarmarkada to‘plangan barcha mablag‘lar ishtirokchi tashkilotlarga topshirilib, kelgusida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ishlariga sarflanadi.
Yangiliklar lentasi
0