Mirziyoyev Sankt-Peterburgdagi MDH rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishUchastniki neformalnogo sammita rukovoditeley gosudarstv - uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG)
Uchastniki neformalnogo sammita rukovoditeley gosudarstv - uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 26-27 dekabr kunlari MDH norasmiy sammitida ishtirok etadi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 dekabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya rrezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MDH ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev 26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0