Dzudo: Davlat Bobonov bu yil ham jahon reytingini peshqadamlik bilan tugatmoqda

© Milliy olimpiya qo‘mitasiDavlat Bobonov
Davlat Bobonov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
Yil yakunidagi peshqadamlik uchun Bobonov Xalqaro dzudo federatsiyasi tomonidan 10 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Davlat Bobonov qatorasiga ikkinchi yil dzudo bo‘yicha jahon reytingini peshqadamlik bilan tugatmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Isroilda o‘tgan dzudo bo‘yicha "Masters" musobaqasidan so‘ng sportchilarning yangilangan reyting jadvali e’lon qilindi. Turnirdan so‘ng bir qator vazn toifalarida o‘zgarishlar yuz berdi.
Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasidagi yetakchilikni saqlab qoldi va bu yil ham o‘z vazn toifasida reytingni birinchi pog‘onada tugatadigan bo‘ldi.
Yil yakunidagi peshqadamlik uchun Bobonov Xalqaro dzudo federatsiyasi tomonidan 10 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Afsuski, Diyora Keldiyorova (-52 kg) to‘rtinchi pog‘onaga tushib qoldi. -73 kg vazndagi muvaffaqiyatga erishgan Ahadov va Yo‘ldoshev ham sezilarli yuqoriladi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Ozarbayjon poytaxti Bokuda o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng Xalqaro dzudo federatsiyasi (XDF) sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qilgan edi.
Unga ko‘ra, reytingda Davlat Bobonov (90 kg)– 6134 ochkoga ega chiqqan edi. Diyora Keldiyorova esa (52 kg) - 5750 ochko qo‘lga kiritgan. Qayd etilishicha, shu paytgacha hech bir o‘zbekistonlik dzudochi qiz dunyo reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilmagan.
Yangiliklar lentasi
0