MDH mamlakatlari rahbarlari Sankt-Peterburgdagi Rus muzeyida bo‘lishdi – video

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote vtorogo dnya neformalnogo sammita SNG v Sankt-Peterburge
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote vtorogo dnya neformalnogo sammita SNG v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya, O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston yetakchilari muzeydagi ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirishdi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo mamlakatlar rahbarlari Sankt-Peterburgdagi Davlat rus muzeyida bo‘lishdi.
Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya, O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston yetakchilari Mixaylov saroyida joylashgan o‘tmishga qaratilgan ekspozitsiyalarning asosiy qismini ko‘zdan kechirishgan.
Xususan, davlat rahbarlari Karl Brullov, Ivan Ayvazovskiy, Fodor Bruni suratlarini tomosha qilishgan.
Davlat rus muzeyi 1898-yilda ochilgan va dunyodagi eng yirik rus san’ati muzeyi sanaladi. U yerda 400 mingdan ziyod eksponatlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Ular X asrdan XXI asrgacha bo‘lgan turli buyum va suratlarni o‘z ichiga oladi.
26 dekabr kuni Sankt-Peterburgda Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashdi.
Yangiliklar lentasi
0