Rossiyada kuryer bo‘lib ishlayotgan o‘zbekistonliklar xavfdan ogohlantirildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishKuryer v Moskve. Arxivnoe foto
Kuryer v Moskve. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada kuryer bo‘lib ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarini muhim xavf haqida ogohlantirdi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida Internet orqali katta miqdordagi pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi e’lonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlantirish bilan chiqdi.
Agentlikning ta’kidlashicha, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan kuryerlar ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
“Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz”, - deya ogohlantirgan agentlik.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0